YARMARKA TASHKIL ETILDI

Mavsumga tayyorgarlik avjida

 

Ayni paytda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan boshqarma binosi hovlisida xodimlar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Arzonlashtirilgan narxlarda eng sara mahsulotlar keltirilgan.

   Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 17-oktabrdagi “Qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zahirasini yaratish rejasini bajarish to‘g‘risida”gi 1/2-45908-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida qishloq xo'jalik mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada boshqarmada mehnat qilayotgan 60 nafardan oshiq xodimlar ehtiyoji uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozor narxidan arzonlashtirilgan holda taqdim etildi.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan boshqarmada uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgvn 3 nafar texnik xodimlarga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumladan, kartoshka, piyoz, sabzi va guruch mahsulotlari homiylik asosida taqdim etildi.

Ma’lumot uchun:

Yarmarkada 1 tn. kartoshka (1 kg. 4000 so‘m), 0,8 tn. piyoz (1 kg. 1500 so‘m),

0,8 tn. sabzi (1 kg. 3000 so‘m), 0,6 tn. guruch (1 kg. 10000 so‘m) arzon narxlarda tarqatildi.

 

01-11-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish