BOSHQARMA BOSHLIG‘I BO‘KA TUMANI TA’LIM TASHKILOTLARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHDI
Bugun Bo‘ka tuman hokimligi majlislar zalida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov, tuman hokimi Baxtiyor Begmatov, shuningdek, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimligi binosida tashkil etilgan, tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan uchrashuvda tizimda olib borilayotgan samarali ishlar, sohada erishilayotgan yutuqlar bilan birga, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar borasida ham atroflicha fikr almashildi.

Dastlab, kuz-qish mavsumiga hozirlik, qishli-qirovli kunlarni betalofat o‘tkazib olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni amalga oshirish tartiblari doirasida mas’ullardan ma’lumot olindi. O‘z navbatida kerakli vazifalar belgilab berildi.

Uchrashuvda tuman ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan faxrli ustozlar so‘zga chiqdib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida shu kuni tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Baxtiyor Nishonov sohada amalga oshirishi muhim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.