TA’LIM - KORRUPSIYADAN HOLI

Olmaliq shahar "Metallurg" madaniyat saroyida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida "Ta’lim — korrupsiyadan holi" mavzusidagi seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Shahobiddin Jo‘raboyev, Toshkent viloyati prokurori katta yordamchisi Davron Isroilov, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov, boshqaruv samaradorligi agentligi Toshkent viloyati filiali rahbari o‘rinbosari Mirzobek Tashboyev, filial bosh inspektori Sherzod Xidirov hamda mas’ul idoralar vakillari ishtirok etib, kun tartibidagi masalaning oqibatini hayotiy misollar va ko‘rgazmali vositalar orqali ochib berdi.

Seminarda viloyatiidagi ta'lim muassasalarda faoliyat yurituvchi 800 nafardan ortiq xodimlar markaziy studiyalardan, 2000 nafardan oshiq pedagoglar, soha mas'ullari ZOOM plarformasi orqali studiyalardan ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi ta’lim tizimida soflik, adolat va halollik tamoyillarini mustahkamlash, soha vakillarida korrupsiyaga qarshi munosabatni shakllantirish “manfaatlar to‘qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan ogoh etish va ta’lim xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan emlashdan iborat bo‘ldi.
