Biz_korrupsiyaga_qarshimiz!!!

Bugun “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” doirasida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida "Biz korrupsiyaga qarshimi" mavzusi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

"Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusi doirasida tadbirlar tizimda muntazam o‘tkazilib kelinadi. Bundan asosiy maqsad sohada faolicht yuritayotgan xodimlarda korrupsiyaga qarshi immunetitni oshirish, shaffoflikni ta’minlash, raqamli texnologiyalardan foydalanish va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishdir.

Bugungi davra suhbatida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burhonov hamda boshqarma Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat sho‘basi rahbari Akrom Ermatovlar ishtirok etib, qatnashchilarga korrupsiyaning mohiyati, uning oqibatlari va huquqiy asoslari haqida ma’lumot berishdi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak, ta'lim tashkilotlarida “halollik vaksinasiga” asoslangan maxsus dasturlar, o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun antikorrupsiya darslari joriy etildi. GRASE dasturi doirasida yoshlar uchun halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib etuvchi faol ishlar olib borilmoqda.

Tadbir ishtirokchilari korrupsiyaga oid ma’lumotlarga batafsil ega bo‘lishdi, shuningdek o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.