"KELAJAK SOATI" DARSLARI DOIRASIDA

Bekobod shahar

Xabar berganimizdek (https://t.me/toshkentvxtb/80355), bugun  hududlardagi ta’lim muassasalarida "Kelajak soati" darslari tashkil etildi. Jumladan Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham an’anaviy tarzda “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi. Buguni darslar “Jadid bobolarimiz” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Bekobod shahar 11-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Kelajak soati” darsida Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi raisi — Halima Ibragimova  hamda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ma’naviy masalalr bo‘yicha mas’ul mutaxassisi Shirina Qodirovalar ishtirok etdi.

Dars jarayonlarida mehmonlar jadid bobolarimizning milliy ma’rifat, ta’lim-tarbiya va taraqqiyot yo‘lidagi beqiyos xizmatlari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. O‘quvchilarga jadidchilik harakatining mohiyati, uning vakillari — ma’rifatparvar ajdodlarimizning Vatan ravnaqi va xalq kelajagi yo‘lida olib borgan fidokorona faoliyati haqida keng tushunchalar berildi.

17-12-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish