BIZNING_YOSHLAR_MUVAFFAQIYATLARIMIZ

Chirchiq shahar
Besh tashabbus olimpiadasi doirasida tashkil etilgan “Mohir fortepianochi” tanlovining respublika bosqichi professionallar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-sonli umumta’lim maktabining iqtidorli va faol o‘quvchisi Shegay Kseniya 14–17 yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Iste’dodli o‘quvchimiz Shegay Kseniya 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ushbu yutuq yosh iste’dod egasining mehnati, izlanishi va san’atga bo‘lgan yuksak muhabbatining yorqin samarasidir. O‘quvchimiz va uning ustozlarini ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz!
23-12-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish