YIL O‘QITUVCHISI-2026

624 nafar talabgor, 208 ta manzil va g‘olibga 570 mln so‘mdan ortiq mukofot —  “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinovlari boshlandi

Bugun mamlakatimizning 208 ta tuman (shahar)ida  “Yil o‘qituvchisi” tanlovning ikkinchi bosqich sinovlariga start berildi.

 Ushbu sinov jarayonlarida dastlabki bosqich natijalariga ko‘ra saralab olingan 624 nafar pedagog qatnashishi rejalashtirilgan.

 Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, har bir tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘olib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari (hozirgi vaqtda 576 mln 800 ming so‘m)ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Jarayonlar Toshkent viloyati tuman va shaharlarida, jumladan beshta hududda; Angren, Bekobod shaharlari, hamda Quyi Chirchiq, Bo‘stonliq, Zangiota, Parkent tumanlarida bo‘lib o‘tadi.

Bugun 10-fevraldan Angren shahar va Quyi Chirchiq tumanlarida tanlov boshlandi. Jarayonlar 21-fevralga qadar davom etadi.

12-02-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish